TIJORAT BANKLARIDA ICHKI AUDIT TIZIMINING BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISHDAGI ROLI

Read full text
Authors: Kuzibayev Umid Maxsitaliyevich
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada tijorat banklarida ichki audit tizimining boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi roli tahlil qilingan. Bank tizimini isloh qilish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro standartlarni joriy etish sharoitida ichki auditning strategik ahamiyati ortib borayotganligi asoslangan. Tadqiqotda ichki auditning an'anaviy nazorat funksiyasidan strategik maslahat institutiga transformatsiyalashuvi, riskka asoslangan audit yondashuvining boshqaruv qarorlari sifatiga ta'siri, raqamlashtirish va sun'iy intellekt texnologiyalarining audit jarayonlariga integratsiyasi masalalari yoritilgan. Tahlillar natijasida ichki audit tizimi bilan korporativ boshqaruv sifati oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlik mavjudligi aniqlangan. Shuningdek, amaliyotdagi muammolar – ichki audit xizmatining mustaqillik darajasi yetarli emasligi, tavsiyalar ijrosi monitoringi sustligi tahlil qilingan. Tadqiqot yakunida ichki audit tizimini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan

Fields of Study & Subjects

Corporate Governance and Financial Management Auditing Earnings Management Governance Islamic Finance and Banking Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
28 February 2026
Language
UZ