MEHNAT MUNOSATLARINI TARTIBGA SOLISHDA RAQAMLI PLATFORMALARINING O'RNI

Read full text
Authors: I.A.Bakiyeva, S.A.Bozorova
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida mehnat munosabatlarini tartibga solishda raqamliplatformalarning o‘rni va ahamiyati tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi raqamli platformalarning zamonaviy mehnatmunosabatlariga ta'sirini baholash hamda ularni institutsional va huquqiy jihatdan tartibga solishning ustuvor yo‘nalishlarinianiqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, normativ-huquqiy tahlil, statistik va kontent-tahlilusullaridan foydalanildi.Olingan natijalar raqamli platformalar mehnat munosabatlarining an'anaviy modelini transformatsiya qilib, ish beruvchi,ijrochi va raqamli platforma o‘rtasidagi yangi hamkorlik munosabatlarini shakllantirayotganini ko‘rsatdi. Tadqiqotdaplatforma bandligi mehnat bozori moslashuvchanligini oshirishi, bandlik imkoniyatlarini kengaytirishi hamda iqtisodiyfaollikni rag‘batlantirishi aniqlandi. Shu bilan birga, platformalar orqali mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonidamehnat huquqlari, ijtimoiy himoya va huquqiy maqom bilan bog‘liq muammolar mavjudligi asoslandi.Tadqiqot natijalari asosida raqamli platforma mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solish, ijtimoiy himoya mexanizmlarinimoslashtirish va raqamli bandlikni rasmiy iqtisodiyotga integratsiya qilish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi. Maqolanatijalari mehnat bozorini raqamlashtirish sharoitida davlat mehnat siyosatini takomillashtirishda ilmiy-amaliy ahamiyatgaega.

Fields of Study & Subjects

Digital Economy and Work Transformation Legal and Labor Studies Labor Law and Work Dynamics

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
1 February 2026
Language
UZ