HAMZA HAKIMZODA NIYOZIYNING SHAXS SIFATIDA SHAKLLANISHI VA PEDAGOGIK QARASHLARI EVOLYUTSIYASI

Read full text
Authors: Djalalova Hulkaroy Abduvali qizi
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek xalq shoiri, dramaturg, pedagog va jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziyning (1889–1929) shaxs sifatida shakllanish jarayoni va pedagogik qarashlari evolyutsiyasi tadqiq etilgan. Tadqiqotda Hamzaning bolaligi, o‘smir davri, ma’rifatchilik faoliyatining boshlanishi, yangi usul maktablarini tashkil etishi hamda uning pedagogik tizimining bosqichma-bosqich rivojlanishi tarixiy-pedagogik tahlil metodlari asosida o‘rganilgan. Maqolada Hamza pedagogik qarashlari evolyutsiyasining uch asosiy bosqichi ajratib ko‘rsatilgan: an’anaviy ta’limdan norozilik va ma’rifatga intilish bosqichi, yangi usul maktablari tashkil etish va amaliy pedagogik faoliyat bosqichi hamda yetuk pedagogik tizim shakllanishi bosqichi. Tadqiqot natijalari Hamza merosining zamonaviy ta’lim islohotlari kontekstida dolzarbligi va ahamiyatini ilmiy asoslashga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Historical Education Studies Worldwide Education and Islamic Studies Biographical and Historical Analysis

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
4 March 2026