O'QUVCHILAR XULQ-ATVORINI DASTURIY MONITORING QILISH – VIRTUAL MAKONDA SHAXS MA'NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION OMILI SIFATIDA

Read full text
Authors: Djumaboyeva Dilfuza Raximboyevna
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitida 8–15 yoshdagi o‘quvchilar xulq-atvorini diagnostika qilish va shakllantirishning algoritmlangan modeli hamda onlayn trenajor funksiyasiga ega mobil ilova prototipini yaratish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda o‘quvchilarning “raqamli izi” va psixofiziologik holatini elektron kundalik hamda mobil ilovadagi psixometrik ma’lumotlar integratsiyasi orqali tahlil qilish mexanizmi taklif etilgan. Maqolada keltirilgan tizim o‘quvchilarning xulq-atvor og‘ishlarini barvaqt aniqlash, ularning individual rivojlanish trayektoriyasini prognozlash hamda olingan ma’lumotlardan kelajakda (xususan, tibbiy profilaktika maqsadlarida) foydalanish imkoniyatlarini ilmiy asoslab beradi.

Fields of Study & Subjects

Psychology of Development and Education Education and Character Development Digital Mental Health Interventions

Publication details

Journal / source
GOLDEN BRAIN
Publication date
4 March 2026
Language
UZ