HUQUQ IJODKORLIGINING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI
Abstract
Mazkur maqolada huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida huquq ijodkorligining nazariy-huquqiy asoslari tahlil qilingan. Unda huquq ijodkorligi tushunchasi, uning mazmuni, subyektlari, shakllari va asosiy tamoyillari yoritilib, Oʻzbekiston hamda xorijiy davlatlar olimlarining ilmiy qarashlari qiyosiy-huquqiy jihatdan oʻrganilgan. Shuningdek, huquq ijodkorligi jarayonining jamiyat ehtiyojlari bilan uzviy bogʻliqligi, inson huquq va erkinliklarini ta'minlashdagi oʻrni hamda huquqni qoʻllash amaliyoti bilan oʻzaro aloqasi ochib berilgan. Maqolada qonun ijodkorligi samaradorligini oshirishda ilmiylik, oshkoralik, demokratiklik va jamoatchilik ishtirokining ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari huquq ijodkorligini takomillashtirish va qonunchilik sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Fields of Study & Subjects
Legal and Policy Issues
Evolving Legal Systems and Governance
Legal Studies and Reforms
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 4 March 2026
- Language
- UZ