MINTAQAVIY IQTISODIY SALOHIYATDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Read full text
Authors: Turayev Ogʻabek Kaxramonovich
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada mintaqaviy iqtisodiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini baholashning nazariymetodologikasoslari tadqiq etildi. Mintaqaviy salohiyat tushunchasining ilmiy evolyutsiyasi, uning tarkibiy elementlarihamda baholash yondashuvlari tizimli ravishda tahlil qilindi. Tadqiqot doirasida xalqaro ilmiy adabiyotlardagi zamonaviymetodologik yondashuvlar - integral indeks, klaster tahlili, DEA usuli va kompozit indikatorlar - qiyosiy oʻrganildi. Mintaqaviysalohiyat tabiiy resurslar, mehnat resurslari, moliyaviy, innovatsion, infratuzilma va ijtimoiy komponentlarni oʻz ichigaoluvchi koʻp qirrali tizim sifatida talqin etildi. Nazariy model ishlab chiqildi va mintaqalararo farqlanishlarni aniqlashgaxizmat qiluvchi indikatorlar tizimi taklif etildi. Tadqiqot natijalari hududiy iqtisodiy siyosatni ilmiy asoslashda qoʻllanilishimumkinligi koʻrsatildi.

Fields of Study & Subjects

Economic Development and Regional Competitiveness Regional Economic Trends and Sectoral Structure Economic Growth and Fiscal Policies

Publication details

Publication date
1 March 2026
Language
UZ