O'smirlik davrida empatiya rivojlanishiga ijtimoiy tarmoqlar va virtual muloqotning ta'siri
Abstract
Ushbu maqolada o‘smirlik davrida empatiya rivojlanishiga ijtimoiy tarmoqlar va virtual muloqotning ta’siritahlil qilinadi. Xususan, raqamli muhitning o‘smirlar orasida hissiy aloqalarning zaiflashuvi hamda empatiya darajasiningpasayishiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, o‘smirlarda empatiya xususiyatlarini shakllantirishva rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot Toshkent shahri maktablaridan birida 60 nafar (30nafar o‘g‘il, 30 nafar qiz) 15–16 yoshli o‘quvchilar ishtirokida o‘tkazildi. Empatiya darajasi “Interpersonal Reactivity Index”(Davis, 1983-yil) testi asosida moslashtirilgan o‘zbekcha variant yordamida baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiytarmoqlardan haddan ortiq foydalanish va virtual muloqot “shaxsiy iztirob” indeksining oshishiga, hissiy sovuqlikningkuchayishiga hamda real hayotdagi empatiya darajasining pasayishiga olib keladi. Biroq ijtimoiy tarmoqlardan me’yoridava ongli foydalanish empatiyaning “fantaziya” hamda “boshqa inson holatini tushunish” ko‘rsatkichlarini oshirishi mumkin
Fields of Study & Subjects
Impact of Technology on Adolescents
Child Development and Digital Technology
Child and Adolescent Psychosocial and Emotional Development
Publication details
- Journal / source
- MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
- Publication date
- 2 March 2026
- Language
- TR