Hamid Olimjon ijodining shakllanishidagi manbalar va ijodiy omillar
Abstract
Adabiy-badiiy va tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, H.Olimjonning haqiqiy xalqchil shoir sifatidashakllanishida dastlab oila a’zolari va ota-bobolari xonadonlaridagi qizg‘in suhbatlar, Jizzax adabiy muhiti va keyinchalikxalq baxshilari bilan shaxsan tanishishi, ular bilan ko‘p yillar ijodiy hamkorlikda bo‘lishi, folklor materiallarini to‘plash,nashr etish va ilmiy o‘rganish faoliyati muhim omillardan biri sifatida katta rol o‘ynagan. XIX asrning ikkinchi yarmidayashab ijod etgan jizzaxlik shoir Iskandar Qambar o‘g‘li Madyunning xabar berishicha, shoirga uchinchi bobo avlod sanalganmulla Yoqub va uning to‘rt o‘g‘li – Mulla Yunus, Mulla Yusuf, Mulla Hizir, Mulla Azimlar o‘z zamonasining nihoyatdadilkash, mehmondo‘st kishilari bo‘lishgan. Ayniqsa, bobosi Mulla Azim va uning oila a’zolari, onasi Komila ayaning o‘ziham she’riyat shaydosi, ijodkor, xalq xazinasining o‘ta bilimdoni bo‘lgan. Vatandoshimiz H.Olimjon ham ana shu muborakoilada tug‘ildi, o‘sdi va kamol topdi. Ushbu maqolada Hamid Olimjon ijodining shakllanishidagi manbalar va ijodiy omillarhaqida yoritilgan.
Fields of Study & Subjects
Biographical and Historical Analysis
Folklore
Mythology
and Literature Studies
Turkish Literature and Culture
Publication details
- Journal / source
- MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
- Publication date
- 2 March 2026
- Language
- TR