IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ AHOLIGA YORDAM KO'RSATISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O'RNI

Read full text
Authors: Ozodbek Yigitaliyev
Cited by: 0

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga yordam ko‘rsatish tizimida innovatsion texnologiyalarning o‘rni va samaradorligi tahlil qilinadi. Raqamli jamiyat sharoitida ijtimoiy himoyani takomillashtirish kam ta’minlanganlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar va ishsizlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada AKT, elektron hukumat, raqamli platformalar, sun’iy intellekt, Big Data, mobil ilovalar hamda avtomatlashtirilgan monitoringning ijtimoiy xizmatlarga integratsiyasi yoritiladi. Shuningdek, manzilli yordamni ta’minlash, ehtiyojlarni aniqlash, shaffoflik va tezkorlikni oshirish hamda xatolarni kamaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Xorij tajribasi va milliy tizimda joriy etilayotgan raqamli yechimlar qiyosiy tahlil qilinib, natijalar ijtimoiy himoya tizimini modernizatsiya qilish va xizmatlar sifatini oshirishga qaratiladi.

Fields of Study & Subjects

E-Government and Public Services Social Policies and Healthcare Reform Innovation Technology and Society

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
10 March 2026
Language
UZ