JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA KLASTER TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI.

Read full text
Authors: Sharipov Ulug'bek Ibotovich
Cited by: 0

Abstract

hozirgi kunda ta'lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, o'quvchilarning faolligini oshirish, mustaqil fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish va dars jarayonini samarali tashkil etishda innovatsion metodlardan foydalanish talab etiladi. Shunday metodlardan biri – klaster texnologiyasi hisoblanadi. Klaster texnologiyasi o'quvchilarning bilimlarini tizimlashtirish, mavzuni chuqurroq anglash va o'zaro bog'liqlikni ko'rsatishda samarali usullardan biridir. Jismoniy tarbiya darslarida ushbu texnologiyadan foydalanish nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlashga, balki o'quvchilarning jamoada ishlash, tahlil qilish va fikr almashish ko'nikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Shu sababli jismoniy tarbiya darslarida klaster texnologiyasini qo'llash pedagogik jarayonni yanada samarali tashkil etish va o'quvchilarning qiziqishini oshirishda muhim omil hisoblanadi.

Fields of Study & Subjects

Physical Education and Pedagogy Physical Education and Training Studies Sports and Physical Education Research

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
1 January 2026
Language
RU