GIPOTALAMO–GIPOFIZAR–OVARIAL O'Q REGULYATSIYASI VA HAYZ SIKLI BUZILISHLARI

Read full text
Authors: Zaylobiddinova Moxigul Baxtiyorjon qizi, Nabiyev Shavkatjon Alijon o'g'li
Cited by: 0

Abstract

Gipotalamo–gipofizar–ovarial (GGO) o‘q ayol organizmida reproduktiv funksiyani boshqaruvchi murakkab neyroendokrin tizim bo‘lib, u Gipotalamus, Gipofiz bezi va Tuxumdon o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liq gormonal signal almashinuvi orqali amalga oshadi. Gipotalamusdan ajraladigan gonadotropin-rilizinq gormon (GnRH) gipofizning old bo‘lagini rag‘batlantirib, follikulostimullovchi gormon (FSH) va luteinlovchi gormon (LH) sekretsiyasini ta’minlaydi. Ushbu gonadotrop gormonlar tuxumdonlarda follikul yetilishi, ovulyatsiya va sariq tana hosil bo‘lish jarayonlarini boshqaradi. Tuxumdonlardan ajraladigan estrogen va progesteron gormonlari esa “teskari aloqa” (feedback) mexanizmi orqali gipotalamus va gipofiz faoliyatini nazorat qiladi. Shu tarzda hayz siklining follikulyar, ovulyator va luteal fazalari muvozanatli ravishda kechadi. GGO o‘q faoliyatining buzilishi hayz sikli disfunksiyalariga olib keladi. Bular qatoriga amenoreya, oligomenoreya, polimenoreya, dismenoreya va anovulyator sikllar kiradi. Bunday buzilishlar stress, endokrin kasalliklar (qalqonsimon bez patologiyalari, giperprolaktinemiya), polikistik tuxumdon sindromi, tana vaznining keskin o‘zgarishi yoki surunkali kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Mazkur mavzuni o‘rganish reproduktiv salomatlikni saqlash, bepushtlikning oldini olish hamda gormonal buzilishlarni erta aniqlash va davolashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fields of Study & Subjects

Hypothalamic control of reproductive hormones Ovarian function and disorders Reproductive Biology and Fertility

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
6 March 2026
Language
UZ