BUDJET TASHKILOTLARIDA BUDJETDAN TASHQARI MABLAG'LARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI

Read full text
Authors: Qobiljon Boymirzayev
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada budjet tashkilotlarida budjetdan tashqari mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida budjet tashkilotlarida budjetdan tashqari mablag‘larning shakllanish manbalari, ulardan foydalanish mexanizmlari hamda moliyaviy boshqaruv tizimidagi o‘rni o‘rganildi. Shuningdek, budjetdan tashqari mablag‘lardan foydalanish amaliyotining samaradorligi, ushbu mablag‘larning budjet tashkilotlari faoliyatini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashdagi ahamiyati va davlat budjeti yuklamasini kamaytirishdagi roli tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, budjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirish manbalarini kengaytirish, ularni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda moliyaviy nazorat mexanizmlarini kuchaytirish budjet tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada budjetdan tashqari mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Fields of Study & Subjects

Economic and Fiscal Studies Economic Growth and Fiscal Policies Local Government Finance and Decentralization

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
7 March 2026