HUQUQIY DAVLAT SHAROITIDA "QONUNNI BILMASLIK JAVOBGARLIKDAN OZOD QILMAYDI" PRINSIPINING NAZARIY ASOSLARI
Abstract
Mazkur maqolada huquqiy davlat konsepsiyasi doirasida “Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi” prinsipining nazariy-huquqiy mazmuni, tarixiy ildizlari hamda zamonaviy huquq tizimidagi o‘rni tahlil etiladi. Mazkur tamoyilning javobgarlik muqarrarligi, qonun ustuvorligi va huquqiy ong bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy asosda ochib beriladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ushbu prinsipning normativ-huquqiy asoslari va amaliy qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. Muallif tomonidan prinsipning ijtimoiy ahamiyati hamda huquqiy madaniyatni shakllantirishdagi o‘rni yuzasidan xulosalar ilgari suriladi.
Fields of Study & Subjects
Evolving Legal Systems and Governance
Legal Studies and Reforms
Comparative International Legal Studies
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 8 March 2026
- Language
- UZ