EXPLAINABLE AI YORDAMIDA SOC UCHUN TUSHUNTIRILADIGAN KIBERXAVF ANIQLASH TIZIMINI ISHLAB CHIQISH

Read full text
Authors: N.N. Jo'rayev, A.Sh. Juraboyev
Cited by: 0

Abstract

So‘nggi yillarda kiberxavfsizlik sohasida sun’iy intellekt va mashinaviy o‘rganish texnologiyalaridanfoydalanish sezilarli darajada kengayib bormoqda. Biroq ko‘plab algoritmlar “qora quti” tamoyiliga asoslanganligi sababli,ularning qaror qabul qilish jarayonini izohlash murakkab bo‘lishi mumkin. Bu holat xavfsizlik operatsiyalari markazlari(Security Operations Center – SOC) faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki xavfsizlik mutaxassislari aniqlangantahdidlarning sabablarini ham tushunishi zarur. Mazkur tadqiqotda Explainable Artificial Intelligence (XAI) yondashuviasosida tushuntiriladigan kiberxavf aniqlash tizimi modeli taklif etiladi. Tizim mashinaviy o‘rganish algoritmlaridanfoydalangan holda tarmoq trafigini tahlil qiladi hamda aniqlangan tahdidlar uchun SHAP yoki LIME kabi tushuntirishmexanizmlarini qo‘llaydi. Natijada SOC mutaxassislari hujumlarning kelib chiqish sabablari va ta’sir etuvchi omillarnitezkor aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tadqiqot natijalari Explainable AI texnologiyalari kiberxavfsizlik tizimlariningishonchliligi, shaffofligi va samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi.

Fields of Study & Subjects

Network Security and Intrusion Detection Explainable Artificial Intelligence (XAI) Adversarial Robustness in Machine Learning

Publication details

Journal / source
MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT
Publication date
1 March 2026
Language
UZ