FAYNBERG SHE'RIYATIDA TOSHKENT FENOMENI: SHAHAR MAKONINING BADIIY MODELI

Read full text
Authors: Abdurashidova Marjona Sanjarbekovna
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada Aleksandr Faynberg she’riyatida Toshkent shahrining badiiy talqini hamda shahar makonining poetik modeli tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida shoir lirikasida Toshkent obrazining shakllanishi, shahar manzaralarining badiiy ifodasi hamda shahar va inson o‘rtasidagi ruhiy aloqaning poetik aks etishi o‘rganiladi. Shuningdek, Faynberg she’rlarida Toshkentning xotira makoni, madaniy muhit va insoniy munosabatlar markazi sifatidagi badiiy funksiyasi tahlil qilinadi. Maqolada urban poetika nazariyasi asosida shahar obrazining adabiy talqini hamda Faynberg she’riyatida Toshkent fenomenining o‘ziga xos badiiy modeli ochib beriladi.

Fields of Study & Subjects

Literature and Culture Studies Poetry Analysis and Criticism Spatial and Cultural Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
10 March 2026
Language
UZ