IQTISODIY PROTSESSUAL HUQUQI VA UNI O'QITISHNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI
Abstract
Mazkur maqolada iqtisodiy protsessual huquq fanining nazariy va amaliy ahamiyati, uni o‘qitish jarayonida yuzaga kelayotgan zamonaviy muammolar hamda ularni bartaraf etishning ilmiy-huquqiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Xususan, iqtisodiy sudlar faoliyatining kengayishi, tadbirkorlik subyektlari bilan davlat organlari o‘rtasidagi nizolarning murakkablashuvi hamda huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash bilan bog‘liq ishlarning ko‘payishi iqtisodiy protsessual huquq fanining ta’lim tizimidagi o‘rnini yanada muhimlashtirmoqda. Maqolada iqtisodiy protsessual huquqni o‘qitishda nazariya va sud amaliyoti o‘rtasidagi tafovut, normativ-huquqiy bazaning murakkabligi, sud amaliyoti asosida o‘qitish metodikasining yetarli darajada shakllanmaganligi kabi muammolar yoritiladi. Shuningdek, iqtisodiy protsessual huquqni o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish, sud amaliyotiga asoslangan “case-study” metodini joriy etish, raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ilgari suriladi.
Fields of Study & Subjects
Legal Education and Practice Innovations
Legal Studies and Reforms
Legal Studies and Policies
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 11 March 2026