"PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASI ASOSIDA MATEMATIKA DARSLARIDA TOPSHIRIQLARNI DIFFERENSIALLASHTIRISH: SCAFFOLDINGGA ASOSLANGAN AMALIY MODEL"

Read full text
Authors: Ergashev Sherzod Shodibek o'g'li
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada matematika darslarida topshiriqlarni differensiallashtirishning samarali shakli sifatida scaffolding (bosqichma-bosqich yo‘naltirish) yondashuvi tahlil qilinadi. Tadqiqot umumta’lim maktablari sharoitida o‘quvchilarning bilim darajasi va fikrlash sur’ati turlicha ekanligini inobatga olgan holda olib borildi. Amaliy tajribada bir xil matematik masalaning ikki xil konstruksiyasi — an’anaviy (standart) va yo‘naltirilgan (scaffolded) variantlari ishlab chiqildi hamda ularning o‘quvchilarning masala yechish jarayoniga ta’siri kuzatildi. Scaffolded topshiriq modeli masalani soddalashtirishni emas, balki murakkab fikrlash jarayonini kichik, mantiqiy bosqichlarga ajratib berishni nazarda tutadi. Bu yondashuv orqali o‘quvchilarga masalani nimadan boshlash, qaysi formulani qo‘llash va qanday izchillikda yechim yozish lozimligi ko‘rsatib beriladi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, yo‘naltirilgan topshiriqlar past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning darsdagi faolligini oshiradi, bo‘sh javoblar sonini kamaytiradi hamda yozma asoslash ko‘nikmasini shakllantiradi. Maqolada scaffolding yondashuvining nazariy asoslari, topshiriqni qayta konstruksiya qilish algoritmi va o‘qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar keltiriladi. Taklif etilgan model umumta’lim maktablari, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari hamda xalqaro dasturlar asosida ishlovchi o‘qituvchilar tomonidan bevosita qo‘llanishi mumkin. Kalit so‘zlar: differensial yondashuv, scaffolding, topshiriqni differensiallashtirish

Fields of Study & Subjects

Mathematics Education and Pedagogy Mathematics Education and Teaching Techniques Innovative Teaching and Learning Methods

Publication details

Journal / source
Universal.
Publication date
11 March 2026