MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI RAHBARINING METODIK KOLLABORATSIYANI BOSHQARISH FUNKSIYALARI

Read full text
Authors: Xamrayeva Gulnoz Israilovna
Cited by: 0

Abstract

Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlarining pedagoglar o‘rtasida metodik kollaboratsiyani tashkil etish va boshqarish funksiyalari tahlil etilgan. Zamonaviy ta'lim tizimida rahbarning metodik faoliyatni muvofiqlashtirish, pedagogik jamoani professional rivojlantirishga yo‘naltirish, hamkorlik muhitini yaratish va metodik resurslarni samarali boshqarish vazifalariga alohida e'tibor qaratilgan. Tadqiqotda rahbarning strategik rejalashtirish, tashkiliy-pedagogik, nazorat-tahliliy, motivatsion va innovatsion funksiyalari ilmiy asoslangan. Maqolada MTT rahbarining metodik kollaboratsiyani boshqarishdagi zamonavir yondashuvlar, xalqaro tajriba va O‘zbekiston maktabgacha ta'lim tizimiga tatbiq etish imkoniyatlari ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijalari MTT rahbarlari, metodik xizmat xodimlari va maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlovchi mutaxassislar uchun amaliy ahamiyatga ega.

Fields of Study & Subjects

Education and Teacher Training School Leadership and Teacher Performance Teacher Education and Leadership Studies

Publication details

Journal / source
Universal.
Publication date
11 March 2026
Language
UZ