INKLYUZIV TA'LIM VA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN UNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Read full text
Authors: Yakibova Nargiza Turdimaxammatovna
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim tushunchasining nazariy asoslari, uning mohiyati hamda imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim-tarbiyasidagi ijtimoiy ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Inklyuziv ta’lim zamonaviy ta’lim tizimining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, har bir bolaning, jumladan, jismoniy, aqliy yoki psixologik rivojlanishida muayyan cheklovlari bo‘lgan shaxslarning ham teng huquqli ta’lim olish imkoniyatini ta’minlashga xizmat qiladi. Maqolada inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillari, uning jamiyatdagi ijtimoiy integratsiyani kuchaytirishdagi o‘rni, shuningdek, imkoniyati cheklangan bolalarning shaxs sifatida kamol topishi, mustaqil hayotga tayyorlanishi va ijtimoiy faolligini oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot jarayonida milliy va xorijiy ilmiy manbalarga tayanilgan holda inklyuziv ta’limni rivojlantirishning pedagogik, ijtimoiy va psixologik jihatlari ochib berilgan.

Fields of Study & Subjects

Inclusive Education and Diversity Inclusion and Disability in Education and Sport Disability Rights and Representation

Publication details

Journal / source
Universal.
Publication date
11 March 2026