TABIIY IPAK TOLALI CHIQINDILARINING TEXNOLOGIK KLASIFIKATSIYASI VA ULARNI QAYTA ISHLASH ISTIQBOLLARI
Abstract
Mazkur maqolada tabiiy ipak ishlab chiqarish jarayonlarida hosil bo‘ladigan tolali chiqindilarning texnologik kelib chiqishi, strukturaviy xususiyatlari hamda ularni qayta ishlash yo‘nalishlari ilmiy asosda tahlil qilindi. Pillachilik va ipak sanoati bosqichlarida shakllanuvchi pillasimon va tolasimon chiqindilar sinf, kichik sinf, guruh, kichik guruh va turi bo‘yicha tizimli ravishda klassifikatsiya qilindi. Ushbu klassifikatsiya asosida chiqindilarni gul qog‘oz, issiqlik saqlovchi materiallar, yigirilgan ipak ipi, noto‘qima matolar va sirtni faollashtiruvchi moddalar ishlab chiqarishda samarali qo‘llash imkoniyatlari ochib berildi. Tadqiqot natijalari ipak sanoatida resurs tejamkor va ekologik barqaror texnologiyalarni joriy etish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Fields of Study & Subjects
Silkworms and Sericulture Research
Wood Residue Utilization and Solid Biofuels
Recycling and utilization of industrial and municipal waste in materials production
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 11 March 2026
- Language
- UZ