YER UCHASTKALARI CHEGARALARINI ANIQLASHDA GPS VA GIS TEXNOLOGIYALARINING QO'LLANILISHI
Abstract
Ushbu maqolada yer uchastkalari chegaralarini aniqlash va ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida GPS (Global Positioning System) va GIS (Geografik axborot tizimlari) texnologiyalarining roli o‘rganilgan. Tadqiqotda GPS va GIS integratsiyasining yuqori aniqlik, tezkorlik, raqamli ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shaffoflik va hududiy tahlil imkoniyatlarini ta’minlashdagi afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, texnologiyalarni qo‘llashdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ham keltirilgan. Maqola hududiy boshqaruv, yer kadastri va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish tizimida zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishning ahamiyatini aks ettiradi.
Fields of Study & Subjects
Land Use and Management
3D Modeling in Geospatial Applications
Geodetic Measurements and Engineering Structures
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 11 March 2026
- Language
- UZ