RAQAMLI TA'LIM INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI
Abstract
Mazkur tezisda ta’lim xizmatlarini raqamlashtirish jarayonining iqtisodiy mazmuni, xarajat-samaradorlik modeli va uni takomillashtirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli ta’lim infratuzilmasi, boshqaruv axborot tizimlari, elektron resurslar, masofaviy platformalar va raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish bilan bog‘liq xarajatlar alohida guruhlarga ajratilib o‘rganildi. Shu bilan birga, raqamlashtirish natijasida yuzaga keladigan operatsion qulaylik, vaqt tejalishi, boshqaruv shaffofligi, xizmatlar qamrovi va ta’lim sifati kabi natijalar iqtisodiy samara ko‘rsatkichlari sifatida baholandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ta’lim xizmatlarini raqamlashtirish xarajatlari faqat texnologik modernizatsiya bilan bog‘liq bo‘lmay, ular boshqaruv va xizmat ko‘rsatish tizimining qayta tashkil etilishi orqali uzoq muddatli iqtisodiy samarani shakllantiradi. Tezisda ta’lim xizmatlarini raqamlashtirish xarajatlarini maqbullashtirish va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Fields of Study & Subjects
Digital Transformation of Higher Education
Educational Management and Quality
Innovative Educational Technologies
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 11 March 2026
- Language
- UZ