QAYSARLIK, MUSTAQILLIK VA YOLG'IZLIKNING BOLALARDAGI KREATIVLIKKA TA'SIRI
Abstract
Ushbu maqolada bolalardagi qaysarlik, mustaqillik va yolg‘izlik kabi psixologik xususiyatlarning kreativ fikrlash va ijodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida psixologiya va pedagogika sohasidagi ilmiy manbalar, uzoq muddatli kuzatuv tadqiqotlari hamda mashhur shaxslar hayotiy tajribasi o‘rganildi. Shuningdek,maktabgacha ta’lim yo‘nalishida olib borilgan pedagogik kuzatuvlar va bo‘lajak tarbiyachilar bilan o‘tkazilgan bahs-munozaralar natijalari ham tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, qaysarlik bolalarda qat’iyat va muammolarni hal qilish qobiliyatini shakllantiradi, mustaqillik esa ijodiy fikrlashni rivojlantiradi. Ma’lum darajadagi yolg‘izlik esa chuqur tafakkur jarayonini kuchaytirib, yangi g‘oyalar paydo bo‘lishi uchun imkon yaratadi. Maqolada pedagoglar va ota-onalar uchun bolalardagi ushbu xususiyatlarni to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
Fields of Study & Subjects
Creativity in Education and Neuroscience
Early Childhood Education and Development
Psychological and Educational Research Studies
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 11 March 2026
- Language
- UZ