Bolalikni qayta anglash: mariya montessori pedagogik qarashlarining ilmiy asoslari
Abstract
Ushbu maqolada XX asr Italiya pedagogik tafakkuri namoyandasi Mariya Montessori qarashlari zamonaviypedagogika nuqtai nazaridan qayta tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – Montessori ta’lim konsepsiyasining nazariyasoslarini, xususan, “shimuvchi ong” (assorbente) g‘oyasi hamda ta’lim muhitining bola kognitiv va emotsional rivojlanishidagio‘rnini ochib berishdan iborat. Ilmiy yangiligi shundaki, unda Montessorining “Il Metodo della pedagogia scientifica”(1909) asari g‘oyalari bugungi dolzarb pedagogik muammolar – muhit va tarbiya o‘rtasidagi munosabat, o‘qitish–o‘rganish jarayonini tashkil etish, pedagogik aralashuvning samarali usul va vositalari bilan uzviy bog‘liqlikda talqinetiladi. Tadqiqot jarayonida bolalik huquqlarini himoya qilish, bolaga tabiiy mohiyatiga zid xulq-atvor qoliplarini singdirishamaliyotini tanqid qilish kabi tamoyillarning nazariy va amaliy ahamiyati asoslab beriladi. Natijada Montessori tomonidanasoslangan erkin, maqsadli rag‘batlantirishga tayangan va mustaqil tajriba orttirishga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti modelizamonaviy pedagogik tizimlar bilan mushtarak jihatlarda tahlil qilinadi. Xulosa sifatida, Montessori konsepsiyasi bugungita’lim amaliyotida innovatsion yondashuvlarni takomillashtirish uchun muhim metodologik manba ekanligi aniqlanadi
Fields of Study & Subjects
Education Methods and Practices
Early Childhood Education and Development
Scientific and Historical Analyses
Publication details
- Journal / source
- MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
- Publication date
- 2 March 2026
- Language
- TR