ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR VA BOBURIYLAR DAVRIDA HARBIY STRATEGIYA VA TAKTIKA: TARIXIY TAJRIBA VA ZAMONAVIY ILMIY TALQIN
Abstract
Zahiriddin Muhammad Bobur nafaqat buyuk shoir va davlat arbobi, balki o‘z davrining yetuk harbiy sarkardasi sifatida jahon tarixida munosib o‘rin egallaydi. Uning harbiy-siyosiy faoliyati, jangovar tajribasi va strategik qarorlari Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston tarixiy makonida yirik geosiyosiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan. Bobur asos solgan Boburiylar davlati esa o‘zining harbiy tashkiloti, jang san’ati va strategik yondashuvlari bilan o‘rta asrlar Sharq va Janubiy Osiyo harbiy tarixida alohida bosqichni tashkil etadi. Bugungi kunda Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylar davri harbiy san’atini ilmiy jihatdan chuqur o‘rganish nafaqat tarixshunoslik, balki harbiy ta’lim, strategiya va ma’naviy-ma’rifiy sohalar uchun ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki Bobur harbiy tafakkurida an’anaviy turkiy-mo‘g‘ul jang san’ati bilan bir qatorda, zamonaviylashgan taktika, harakatchanlik, razvedka va psixologik ustunlik kabi jihatlar uyg‘unlashganini ko‘rish mumkin.
Fields of Study & Subjects
Military History and Strategy
Military history and social perspectives
Eurasian Exchange Networks
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 12 March 2026
- Language
- UZ