SANOAT CHIQINDILARIDAN QAYTA FOYDALANISH: MAHALLIY FOSFAT CHIQINDILARIDAN KOMPLEKS O'G'ITLAR OLISH ISTIQBOLLARI
Abstract
Tadqiqotda mahalliy fosfat chiqindilaridan kompleks mineral o‘g‘itlar olish texnologiyasining nazariy va amaliy asoslari tahlil qilindi. Fosforit kukuni va fosfat loyqasining kimyoviy tarkibi o‘rganilib, ularni kislotali parchalanish orqali suyuq hamda suspenziyali o‘g‘itlar shaklida qayta ishlash usullari ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, chiqindilarning qayta ishlanishi nafaqat ekologik yuklamani kamaytiradi, balki xomashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini 30–40 % ga oshiradi. Taklif etilgan texnologiya “Yashil iqtisodiyot” tamoyillariga mos bo‘lib, O‘zbekiston kimyo sanoatida resurs tejamkor va chiqindisiz ishlab chiqarish tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.
Fields of Study & Subjects
Phosphorus and nutrient management
Recycling and utilization of industrial and municipal waste in materials production
Wastewater Treatment and Reuse
Publication details
- Journal / source
- Universal.
- Publication date
- 12 March 2026
- Language
- UZ