NUTQNI IDROK ETISH VA ISHLAB CHIQISHDA MIYA MARKAZLARINING ROLI

Read full text
Authors: Barnoxon Hoshimjonova
Cited by: 0

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada nutqni idrok etish va ishlab chiqish jarayonlarining neyrofiziologik asoslari keng qamrovda tahlil qilinadi. Nutq faoliyati bosh miya po‘stlog‘ining ixtisoslashgan hududlari, subkortikal tuzilmalar va ularning o‘zaro funksional integratsiyasi natijasida amalga oshadi. Xususan, chap yarimsharda joylashgan Broca maydoni va Wernicke maydoni nutqning mos ravishda ekspressiv va impressiv tomonlarini ta’minlaydi. Shuningdek, arcuate fasciculus, motor korteks, eshitish korteksi hamda limbik tizimning nutq jarayonidagi o‘rni yoritiladi. Maqolada klassik lokalizatsion nazariyalar va zamonaviy neyroimaging tadqiqotlari natijalari asosida nutqning tizimli modeli bayon qilinadi. Afaziya turlari, ularning klinik belgilari va neyropsixologik diagnostika masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

Fields of Study & Subjects

Neurobiology of Language and Bilingualism Reading and Literacy Development Hemispheric Asymmetry in Neuroscience

Publication details

Journal / source
Universal.
Publication date
12 March 2026
Language
UZ