RAQAMLI ESTETIKA: FALSAFIY TAHLILI

Read full text
Authors: Mavludaxon Jo'raboy qizi Jo'rayeva
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada XXI asrda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida yuzaga kelayotgan yangi estetik idrok shakllari va ularning falsafiy mohiyati tadqiq etiladi. Raqamli estetika zamonaviy insonning go‘zallikni idrok etish, baholash va estetik ijod jarayoniga texnologik vositalarning ta’sirini chuqur tahlil qilishga qaratilgan muhim ilmiy yo‘nalish sifatida talqin etiladi. Tadqiqot doirasida estetik tafakkurning an’anaviy kategoriyalari — go‘zallik, uyg‘unlik, fojeaviylik va kulgililik — raqamli va virtual muhitda qanday transformatsiyaga uchrayotgani ochib beriladi. Maqolada tarixiy-qiyosiy, gnoseologik hamda sistemali yondashuv metodlaridan foydalanilib, raqamli makonda estetik tajribaning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning nazariy asosini J. Baudrillardning simulyakr va giperreallik haqidagi qarashlari, J. Lipovetskiyning postmodern vizuallik konsepsiyasi hamda Sh. Turkle tomonidan ilgari surilgan “raqamli inson” g‘oyasi tashkil etadi. Ushbu falsafiy yondashuvlar orqali raqamli obrazlar va vizual shakllarning estetik mazmuni, ularning reallik bilan munosabati yoritib beriladi. Tadqiqot natijalari raqamli estetika tushunchasining zamonaviy falsafa va madaniyatshunoslikdagi o‘rnini aniqlashga, texnologik muhitda shakllanayotgan estetik qadriyatlarni baholash mezonlarini belgilashga xizmat qiladi. Maqola raqamli madaniyat, falsafa va san’at muammolari bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Fields of Study & Subjects

Cultural Studies and Postmodernism Art Technology and Culture Aesthetics and Perception

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
12 March 2026
Language
UZ