YANGI OʻZBEKISTONDA MAHALLA INSTITUTINING IJTIMOIY-MA'NAVIY MUHITNI SOGʻLOMLASHTIRISHTIRISHDAGI OʻRNI (ANDIJON VILOYATI MISOLIDA)
Abstract
Mazkur maqolada Yangi Oʻzbekistonda mahalla institutining ijtimoiy-ma'naviy muhitni sogʻlomlashtirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashdagi oʻrni tahlil qilinadi. Mahalla tarixiy va milliy qadriyatlarga tayangan holda jamiyat hayotida muhim tarbiyaviy, ma'naviy va ijtimoiy institut sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida mahallaning huquqiy maqomi mustahkamlanib, uning vakolatlari kengaytirilmoqda. Maqolada Andijon viloyati misolida mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqarorlashtirish, jinoyatchilik va oilaviy ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash hamda yoshlar tarbiyasini takomillashtirish borasidagi amaliy chora-tadbirlar yoritilgan. Shuningdek, mahalla institutini chinakam fuqarolik jamiyati institutiga aylantirish masalalari ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.
Fields of Study & Subjects
Legal and Policy Issues
Local Governance and Planning
Social Capital and Networks
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 12 March 2026
- Language
- UZ