FERULA SUMBUL O'SIMLIGIDAN AJRATILGAN EFIR MOYINING KIMYOVIY TARKIBI ASOSIDA FЕNOTIPNI ANIQLASH

Read full text
Authors: Sayfiddinova D.Sh., Muxamadiyev A.N, Muxamadiyev N.Q
Cited by: 0

Abstract

Ferula Sumbul o‘simligi efir moyining kimyoviy tarkibini o‘rganish efir moylarini standartlash, farmakologik faolligini baholash va xom ashyoning biokimyoviy xususiyatlarini klassifikatsiya qilishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu ishda Ferula Sumbul efir moyi GC–MS usuli yordamida tahlil qilinib, uning kimyoviy tarkibi asosida xemotip (fenotip) xususiyatlari aniqlandi. Tahlil natijasida efir moy tarkibida 49 ta komponent aniqlanib, asosiy komponentlar sifatida 1S-α-pinen (23.36%), β-pinen (20.60%), (E)-longipinen (12.48%), β-mirsen (7.67%) va sis-sabinen (5.23%) belgilandi. Olingan natijalar Ferula Sumbul efir moyining α-pinen–β-pinen dominant monoterpenli xemotipga mansubligini ko‘rsatdi.

Fields of Study & Subjects

Essential Oils and Antimicrobial Activity Plant chemical constituents analysis Phytochemistry and Biological Activities

Publication details

Journal / source
Universal.
Publication date
12 March 2026