TURKISTON O'LKASIGA UYUSHTIRILGAN XORIJIY ILMIY EKSPEDITSIYALAR NATIJALARINI ZAMONAVIY IJTIMOIY-GUMANITAR TADQIQOTLARGA INTEGRATSIYA QILISH MASALALARI

Read full text
Authors: Muminov Azizbek Boxodir o'g'li
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada 1867–1917-yillarda Turkiston o‘lkasiga uyushtirilgan xorijiy ilmiy ekspeditsiyalar natijalarining zamonaviy ijtimoiy-gumanitar tadqiqotlar va amaliy sohalarga integratsiya qilish masalalari tahlil qilinadi. Maqolada ekspeditsiyalar davomida to‘plangan geografik, etnografik, kartografik va statistik ma’lumotlarning bugungi tarix, sotsiologiya, antropologiya, turizm va raqamli gumanitar fanlar rivojidagi ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, ushbu ilmiy merosni amaliyotga joriy etishdagi asosiy muammolar — arxiv materiallarining yopiq yoki kam foydalanilishi, tarjima muammolari, raqamlashtirish jarayonining sustligi hamda interdisiplinar tadqiqotlarning yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada Turkiston ilmiy ekspeditsiyalari materiallarini raqamlashtirish, GIS texnologiyalari asosida tarixiy xaritalar yaratish, xalqaro ilmiy bazalar tashkil etish, ta’lim va turizm sohalariga joriy etish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar beriladi. Tadqiqot ilmiy merosni zamonaviy fan va jamiyat ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish zarurligini asoslaydi.

Fields of Study & Subjects

Digital Humanities and Scholarship Travel Writing and Literature Digital and Traditional Archives Management

Publication details

Journal / source
Universal.
Publication date
12 March 2026
Language
UZ