O'quvchilarni ommaviy sport sog'lomlashtirish jarayoniga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari

Read full text
Authors: Valiyev Jasurbek Saydullo o‘g‘li
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada o‘quvchilarni ommaviy sport-sog‘lomlashtirish jarayoniga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda ularni muntazam sport faoliyatiga jalb etish jarayonining pedagogik asoslari yoritiladi. Shuningdek, ta’lim muassasalarida ommaviy sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini samarali tashkil etish, o‘quvchilarning jismoniy faolligini oshirish, motivatsiyasini shakllantirish va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan ijobiy munosabatini rivojlantirish omillari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarni ommaviy sport-sog‘lomlashtirish jarayoniga tayyorlashda pedagogik muhitni yaratish, innovatsion o‘qitish metodlaridan foydalanish, sport mashg‘ulotlarini tizimli tashkil etish hamda o‘quvchilarning jismoniy va ma’naviy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash muhim pedagogik shart-sharoitlar sifatida asoslanadi.

Fields of Study & Subjects

Physical Education and Training Studies Physical Education and Pedagogy Recreational Sport and Physical Activity

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
12 March 2026
Language
UZ
Document type
Dataset