TIBBIYOT TALABALARIDA ANATOMIM TERMINOLOGIYALARNI O'ZLASHTIRISHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI
Abstract
Ushbu maqolada tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida anatomik terminologiyani o‘zlashtirish jarayonida yuzaga keladigan asosiy muammolar tahlil qilinadi. Anatomik terminlarning lotin va yunon tillariga asoslanganligi, ularning murakkab tuzilishi hamda klinik fanlar bilan yetarli darajada integratsiyalashmagan holda o‘qitilishi talabalar uchun ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi. Tadqiqot davomida talabalar orasida terminologik savodxonlik darajasi, terminlarni eslab qolish va amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq muammolar o‘rganildi. Shuningdek, anatomik terminologiyani o‘qitishda an’anaviy va zamonaviy pedagogik yondashuvlarning samaradorligi tahlil qilindi. Muammoni bartaraf etish maqsadida vizual materiallardan, klinik misollardan, interaktiv metodlardan hamda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish taklif etiladi. Maqola natijalari anatomiyani o‘qitish jarayonida terminologiyani samarali o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.
Fields of Study & Subjects
Classical Anatomy and Histology
Anatomy and Medical Technology
Innovations in Medical Education
Publication details
- Journal / source
- Universal.
- Publication date
- 12 March 2026
- Language
- UZ