INGLIZ TILIDA KAFOLAT NUTQIY AKTINING DISKURSIV VOQELANISHI

Read full text
Authors: Po'latova O'g'ilxon Abduxaliqovna
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada ingliz tilida kafolat nutqiy aktining diskursiv voqelanishi tahlil qilinadi. Kafolat nutqiy akti so‘zlovchining o‘z bayonotiga nisbatan yuqori darajadagi javobgarlikni zimmasiga olishini hamda tinglovchida ishonch uyg‘otishni maqsad qilishini ifodalaydi. Ushbu nutqiy akt turli diskurs turlarida o‘ziga xos shakl va vositalar orqali namoyon bo‘ladi hamda har bir kontekstda alohida pragmatik vazifani bajaradi. Janr va kommunikativ vaziyatga qarab uning lingvistik ifodalanishi farqlansa-da, ichki illokutiv mazmunida ishonch bildirish va majburiyat olish semantikasi saqlanib qoladi. Maqolada ingliz tilidagi kafolat nutqiy akti badiiy matn, dialog, siyosiy hamda reklama va marketing diskurslari misolida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari tilshunoslikda komissiv nutqiy aktlarning pragmatik xususiyatlarini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Linguistics and Discourse Analysis Language Discourse Communication Strategies Discourse Analysis in Language Studies

Publication details

Journal / source
Universal.
Publication date
12 March 2026