ZAMONAVIY INGLIZ ANTROPONIMIYASINING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI

Read full text
Authors: Abdurahimova Muhlisa Zaynobiddin qizi
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada ingliz antroponimiyasining sinxron bosqichdagi rivoji lingvokulturologik yondashuv asosida batafsil tahlil qilinadi. Tadqiqot zamonaviy ingliz ismlarining tanlanishida faol bo‘lgan diniy, madaniy, ijtimoiy va estetik motivlarni aniqlashga qaratilgan. Xususan, puritan an’analari, diniy semantika, qisqartirish va birlashuv jarayonlari, ommaviy madaniyat va moda omilining antroponimik tizimga ta’siri izchil yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sinxron bosqichda ism tanlashda ma’noviy motivlar nisbatan ikkinchi planga o‘tib, urfdalik, jarangdorlik va sotsial-prestij omillari ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

Fields of Study & Subjects

Language and Culture Linguistics and Language Studies Gender Studies in Language

Publication details

Journal / source
Universal.
Publication date
12 March 2026