SUG'URTA SOHASINING IQTISODIY-HUQUQIY MOHIYATI VA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA JARAYONLARI: NAZARIY ASOSLAR, MILLIY VA XORIJIY TAJRIBALAR
Abstract
Maqolada sug‘urta sohasining tarixiy rivojlanishi, iqtisodiy va yuridik mohiyati hamda raqamli transformatsiyajarayonlari tahlil qilinadi. Soha nafaqat iqtisodiy barqarorlik va moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashda, balki fuqarolarningmulkiy manfaatlarini himoya qilishda ham muhim instrument sifatida ko‘rib chiqiladi. Tarixiy manbalar sug‘urtaninginsoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridan mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi. Sug‘urta tizimi yuridik va iqtisodiykategoriya sifatida shakllangan bo‘lib, uning asosiy vazifasi sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urtalanuvchilar yokisug‘urta qildiruvchilarning moliyaviy zararini kamaytirish hamda ularning mulkiy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.Zamonaviy davrda sug‘urta tizimining raqamli transformatsiyasi — Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (YAAT),elektron polislar, CRM/ERP tizimlari, sun’iy intellekt hamda fraud-kontrol tizimlari orqali amalga oshirilishi sug‘urtakompaniyalarining samaradorligini oshiradi va bozor shaffofligini ta’minlaydi. Maqolada shuningdek milliy qonunchiliknitakomillashtirish, xodimlarning raqamli kompetensiyasini oshirish va xorijiy tajribani tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalarkeltirilgan.
Fields of Study & Subjects
Insurance and Financial Risk Management
Digital Transformation in Law
Digital Transformation in Financial Services
Publication details
- Journal / source
- MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT
- Publication date
- 1 February 2026
- Language
- UZ