SAPONINLAR ASOSIDA OLINGAN MEZOGOVAK SIO2 NING ADSORBSION XOSSALARI
Abstract
Tadqiqot jarayonida mezog‘ovak SiO₂ materiali zol-gel usuli asosida sintez qilindi. Sintez sharoitlari — pH muhiti, harorat, reaksiya vaqti hamda saponin konsentratsiyasi — optimallashtirildi. Olingan materiallarning fizik-kimyoviy va strukturaviy xossalari zamonaviy tahlil usullari yordamida o‘rganildi. Jumladan, sirt maydoni va g‘ovak parametrlarini aniqlash uchun Brunauer–Emmett–Teller (BET) usuli, tuzilmani baholash uchun rentgen difraksiyasi (XRD), morfologiyasini aniqlash uchun skanerlovchi elektron mikroskopiya (SEM) va uzatuvchi elektron mikroskopiya (TEM) usullaridan foydalanildi. Natijalarga ko‘ra, mezog‘ovak SiO₂ ning solishtirma sirt maydoni 801 m²/g ni, umumiy g‘ovak hajmi = 0,00105 sm³/g ni, o‘rtacha g‘ovak diametri esa 2 nm ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichlar materialning yuqori disperslikka va adsorbsion xossaga ega ekanligini tasdiqlaydi..
Fields of Study & Subjects
Mesoporous Materials and Catalysis
Adsorption
diffusion
and thermodynamic properties of materials
Chemical and Physical Properties of Materials
Publication details
- Journal / source
- Universal.
- Publication date
- 12 March 2026