LALMIKOR YERLARNING SHAROITI (G'allaorol tumani misolida)

Read full text
Authors: Hasanova Sarvinoz Botir qizi
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonning Jizzax viloyati G‘allaorol tumani lalmikor yerlarining tabiiy-iqlimiy sharoitlari, tuproq qoplami, unumdorlik holati va degradatsiya jarayonlari tahlil qilingan. Hududning keskin kontinental iqlimi, yog‘ingarchilikning mavsumiy va notekis taqsimlanishi lalmikor dehqonchilikning rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi yoritilgan. Tuproqning suv-fizik xossalari, zichlashuvi, gumus miqdorining kamayishi, eroziya jarayonlari hamda noto‘g‘ri agrotexnik tadbirlar oqibatida yuzaga kelayotgan muammolar ilmiy manbalar va stasionar tajribalar asosida baholangan. Shuningdek, tuproq unumdorligini saqlash va hosildorlikni oshirishga qaratilgan samarali agrotexnologik tadbirlarning ahamiyati asoslab berilgan.

Fields of Study & Subjects

Soil Science and Environmental Management Soil Management and Crop Yield Agricultural Science and Fertilization

Publication details

Journal / source
Universal.
Publication date
12 March 2026