O'ZBEKISTONDA MAHALLIY BUDJETLAR MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA'MINLASHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

Read full text
Authors: Raxmonova Shoxista Sherqulovna
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida mahalliy budjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida 2020–2024 yillar kesimida konsolidatsiyalangan budjet daromadlari va xarajatlari, mahalliy budjetlar ijrosi hamda hududlar bo‘yicha budjet xarajatlari ulushi statistik ma’lumotlar asosida o‘rganildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, mamlakatda budjet daromadlari barqaror o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lsa-da, ayrim yillarda xarajatlarning tezroq oshishi budjet defitsitining kengayishiga olib kelgani aniqlandi. Shuningdek, hududlar kesimida budjet xarajatlari ulushining sezilarli farqlanishi hududlarning iqtisodiy salohiyati, demografik omillari va infratuzilma rivojlanish darajasi bilan bog‘liq ekanligi asoslab berildi. Tadqiqot natijalari mahalliy budjetlarning moliyaviy mustaqilligini oshirish, daromad manbalarini diversifikatsiya qilish hamda fiskal barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar ishlab chiqishga xizmat qiladi

Fields of Study & Subjects

Local Government Finance and Decentralization Economic Growth and Fiscal Policies Economic Issues in Ukraine

Publication details

Journal / source
ACUMEN INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH
Publication date
12 March 2026
Language
UZ