KAM SUVLIKDA PERINATAL NATIJALAR VA ULARNING METABOLOMIK ASOSI

Read full text
Authors: Dadaxonova Adolatxon, Nozimjonova Ruxsora
Cited by: 0

Abstract

Homiladorlik davrida amniotik suyuqlik miqdorining kamayishi – oligogidramnioz (kam suvlik) perinatal natijalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muhim akusherlik muammolaridan biridir. Amniotik suyuqlik homilaning normal rivojlanishini ta’minlovchi muhim biologik muhit hisoblanadi. Uning yetishmasligi homila gipoksiyasi, o‘sishning kechikishi, past Apgar ballari va neonatal asoratlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. So‘nggi yillarda metabolomika texnologiyalarining rivojlanishi homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning metabolik profillarini o‘rganish orqali kam suvlikning patofiziologik mexanizmlarini aniqlash imkonini bermoqda. Ushbu maqolada kam suvlikda kuzatiladigan perinatal natijalar hamda ularning metabolomik asoslari ilmiy adabiyotlar tahlili asosida yoritiladi.

Fields of Study & Subjects

Pregnancy and preeclampsia studies Preterm Birth and Chorioamnionitis Metabolomics and Mass Spectrometry Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
13 March 2026