Aniq integrallarni taqribiy hisoblash uchun B-splayn asosida kvadratur formula qurish
Abstract
Ushbu maqolada aniq integrallarni taqribiy hisoblash uchun B-splayn funksiyalariga asoslangan kvadratur formula qurish masalasi tadqiq etilgan. Tadqiqotda integral ostidagi funksiya tugun nuqtalaridagi diskret qiymatlar asosida B-splayn bazis funksiyalari yordamida approksimatsiya qilinadi. Olingan approksimatsiya asosida kvadratur formula koeffitsiyentlari aniqlanadi. Taklif etilgan usulning aniqligi va samaradorligi bir nechta test funksiyalar yordamida tekshirilgan hamda natijalar klassik trapetsiya usuli bilan solishtirilgan. Natijalar B-splayn asosidagi kvadratur formula aniq integrallarni sonli hisoblashda yuqori aniqlik va barqarorlikka ega ekanligini ko'rsatadi.
Fields of Study & Subjects
Mathematical functions and polynomials
Advanced Numerical Analysis Techniques
Mathematical and Computational Methods
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 13 March 2026
- Language
- UZ