KOREYS MILLIY MADANIYATIGA ALOQADOR SO'ZLARNI TARJIMA QILISHDA LAKUNARLIK HODISASINING KELIB CHIQISHI

Read full text
Authors: Murtozoeva Sevara Shokir qizi, Abdiyeva Iroda Normutovna
Cited by: 0
References: 1

Abstract

Har bir xalqning milliy madaniyati uning tarixiy taraqqiyoti, dunyoqarashi va ijtimoiy hayoti bilan chambarchas bog‘liq. Madaniyat nafaqat xalqning urf-odatlari, qadriyatlari va san’atida, balki uning tilida ham o‘z ifodasini topadi. Shu boisdan tilshunoslikda madaniyat bilan bog‘liq bo‘lgan lakuna hodisasi alohida o‘rganilmoqda. Lakuna — bu bir xalq tili va madaniyatida mavjud bo‘lgan, biroq boshqa xalq tili va madaniyatida bevosita muqobili yo‘q bo‘lgan tushuncha yoki so‘zdir. Koreys madaniyatida mavjud lakunalar o‘ziga xos ijtimoiy, axloqiy va estetik qarashlarni ifodalaydi. Ular koreys xalqining qadimiy dunyoqarashi, konfutsiychilik ta’siri, oilaviy qadriyatlar va jamiyatdagi o‘zaro munosabatlar tizimi bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu maqolada koreys milliy madaniyatiga aloqador lakunalarning tildagi ifodasi, ularning madaniy mazmuni hamda o‘zbek tiliga tarjima jarayonidagi muammolar yoritiladi.

Fields of Study & Subjects

Language and Culture Translation Studies and Practices Lexicography and Language Studies

Publication details

Journal / source
Latin American journal of education
Publication date
13 March 2026
Language
UZ