BADIIY DISKURSDA EVFEMIZMLARNING O'RNI

Read full text
Authors: filologiya fanlari nomzodi elenabereza76@gmail.com Sattorova Elena Anatoliyevna Termiz iqtisodiyot va servis universiteti dotsenti
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada badiiy diskursda evfemizmlarning o‘rni va ularning nutq madaniyatidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Muallif evfemizmlarning ijtimoiy-madaniy va lingvistik xususiyatlarini ko‘rib chiqib, ularning nutqdagi estetik va pragmatik vazifalarini yoritadi. O‘zbek xalqining nutq madaniyatida evfemizmlardan foydalanish odobi, andishalilik va sharqona lutf bilan chambarchas bog‘liqligi ta’kidlanadi. Maqolada badiiy adabiyot namunalari, xususan, Alisher Navoiy hamda Tog‘ay Murod asarlaridan keltirilgan misollar asosida evfemik birliklarning lingvopoetik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ayrim sohalarga xos nutqiy evfemizmlar, jumladan kurash, ko‘pkari va chorvachilik bilan bog‘liq leksik birliklar misolida evfemizmlarning qo‘llanish xususiyatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijasida evfemizmlar badiiy nutqning obrazliligi, ta’sirchanligi va madaniyligini ta’minlovchi muhim vositalardan biri ekanligi xulosa qilinadi.

Fields of Study & Subjects

Swearing Euphemism Multilingualism Turkic and Altaic Linguistics Gender Studies in Language

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
15 March 2026
Language
UZ