INNOVATSION TURAR JOY QURILISH SEKTORI YONDASHUVLARINING NAZARIY ASOSLARI

Read full text
Authors: XATAMKULOV BEKZOD ISKANDARBEK O'G'LI
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada turar-joy ko‘chmas mulki qurilish sektorini o‘rganishda qo‘llanilayotgan zamonaviy metodologik yondashuvlar tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida tizimli, statistik-ekonometrik, institutsional, hududiy hamda innovatsion yondashuvlarning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, turar-joy qurilish sektorining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni, bozor mexanizmlari va davlat tartibga solishining metodologik jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda turar-joy siyosati tarkibiy elementlari - subsidiyalar, ipoteka instrumentlari, davlat-xususiy sheriklik loyihalari, qurilish standartlari va hududiy rejalashtirish mexanizmlari investitsion jozibadorlik va ijtimoiy barqarorlikka qanday ta’sir ko‘rsatishi tizimli tahlil qilinadi.

Fields of Study & Subjects

Real estate and construction management Housing Market and Economics Economic and Industrial Development

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
15 March 2026