TIJORAT BANKLARIDA LIKVIDLIK RISKINI BAHOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI

Read full text
Authors: SULAYMANOV SAMANDARBOY ADHAMBEK O'G'LI
Cited by: 0

Abstract

Mazkur tadqiqotda tijorat banklarida likvidlik riskini baholashning zamonaviy yondashuvlari yoritilib, Basel III doirasidagi LCR va NSFR ko‘rsatkichlarining mazmuni hamda amaliy talqin mexanizmlari bayon etiladi. Tadqiqotda likvidlikni baholash faqat ko‘rsatkichlarni hisoblash bilan cheklanmasligi, balki pul oqimlarini prognozlash, stress-test, intraday monitoring va resurs bazasi barqarorligini birgalikda boshqarish zarurligi asoslanadi. Amaliy qismda O‘zsanoatqurilishbankning 2021-2025 yillardagi rasmiy ma’lumotlari asosida likvid bufer dinamikasi va barqarorligi tahlil qilinib, “cohort heatmap” orqali choraklar kesimida likvidlik buferining “barqaror saqlanishi” baholanadi. 2026-yil uchun esa tarixiy tendensiyalar asosida ssenariy/ekstrapolyatsiya ko‘rinishida prognoz ko‘rsatkichlari shakllantirilib, bank likvidligini mustahkamlash bo‘yicha xulosa va takliflar ishlab chiqiladi.

Fields of Study & Subjects

Banking stability regulation efficiency Banking Sector Performance and Management Banking Crisis Management COVID-19 Impact

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
15 March 2026