TIJORAT BANKLARIDA XIZMATLAR TRANSFORMATSIYASI SHAROITIDA LIKVIDLIKNI TA'MINLASH ISTIQBOLLARI
Abstract
Mazkur tadqiqot tijorat banklarida xizmatlar transformatsiyasi (raqamli kanallar, masofaviy servislar, tezkor to‘lovlar) sharoitida likvidlikni ta’minlash istiqbollarini tahlil qiladi. 24/7 operatsiyalar va tranzaksiyalar tezlashuvi likvidlikni boshqarishda real vaqtga yaqin monitoring hamda prognozlash mexanizmlarini joriy etishni taqozo etishi asoslanadi. Markaziy bank instrumentlari (ochiq bozor operatsiyalari, majburiy zaxiralar, qayta moliyalash) hamda Basel III doirasidagi LCR/HQLA va intraday monitoring yondashuvlari metodologik baza sifatida yoritiladi. SQB banki misolida 2021-2025 yillarda aktivlar depozitlar, boshqa majburiyatlar va xususiy kapital kesimida tarkibiy-dinamik tahlil qilinib, depozit bazasining kengayishi va kapitalning mustahkamlanishi likvidlik barqarorligini kuchaytirishi ko‘rsatiladi. Aniqlangan trendlar asosida 2026-yil ko‘rsatkichlari prognozlanib, depozit sifati va likvid aktivlar buferini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.
Fields of Study & Subjects
Banking stability
regulation
efficiency
Banking Sector Performance and Management
Digital Transformation in Financial Services
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 15 March 2026
- Language
- UZ