BOJXONA JARAYONLARINI TO'LIQ RAQAMLI FORMATGA O'TKAZISH YO'NALISHLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING AHAMIYATI

Read full text
Authors: RADJAPOVA LATOFAT SARDOROVNA
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada bojxona jarayonlarini to‘liq raqamli formatga o‘tkazish yo‘nalishlarini takomillashtirishning iqtisodiy va institutsional ahamiyati tahlil qilinadi. Bojxona tizimida raqamlashtirishning tashqi savdo operatsiyalarini soddalashtirish, ma’muriy xarajatlarni kamaytirish, shaffoflikni oshirish hamda logistika samaradorligini yaxshilashdagi roli yoritiladi. Shuningdek, elektron deklaratsiya, “yagona oyna” tamoyili, avtomatlashtirilgan risklarni boshqarish tizimlari va ma’lumotlar almashinuvi mexanizmlarini takomillashtirish zarurati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari bojxona jarayonlarini raqamlashtirish milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va investitsion muhitni yaxshilashda muhim omil ekanini ko‘rsatadi.

Fields of Study & Subjects

Digital Transformation in Financial Services Transport and Logistics Innovations Digital Economy and Transformation

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
15 March 2026
Language
UZ