MASOFAVIY ISHLASHNI O'ZBEKISTONDA JORIY ETISH VA UNING MENEJMENT TIZIMIGA TA'SIRI

Read full text
Authors: DJURAYEVA GO'ZAL SHAVKATOVNA
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda masofaviy ishlash tizimini joriy etish jarayonlari va uning korxona hamda tashkilotlar menejmentiga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli transformatsiya sharoitida masofaviy mehnatning afzalliklari, cheklovlari, kadrlar boshqaruvi, korporativ madaniyat, mehnat unumdorligi va kommunikatsiya jarayonlariga ta’siri o‘rganilgan. Metodologiya sifatida normativ-huquqiy manbalar tahlili, statistik ma’lumotlar sharhi va taqqoslama yondashuv qo‘llanildi. Olingan natijalar masofaviy mehnat O‘zbekiston mehnat bozorini modernizatsiya qilish, boshqaruv jarayonlarini soddalashtirish va samaradorlikni oshirishda muhim omil ekanini ko‘rsatadi. Xulosa sifatida, masofaviy ishlash mexanizmlarini takomillashtirish, menejment tizimlarida raqamli boshqaruv amaliyotlarini kengaytirish va xodimlar faoliyatini baholashning yangi mezonlarini ishlab chiqish taklif etiladi.

Fields of Study & Subjects

Work-Family Balance Challenges Labor Law and Work Dynamics Corporate Management and Leadership

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
15 March 2026
Language
UZ