TA'LIM VA TARBIYA MUHITIDA O'QUVCHILARNING PSIXOLOGIK MOSLASHUVI HAMDA SHAXS SIFATIDA SHAKLLANISHIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR

Read full text
Authors: Ismaylova Gulzada Nurimbetovna, Worldy Knovledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada ta’lim va tarbiya muhitida o‘quvchilarning psixologik moslashuvi hamda shaxs sifatida shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Ta’lim muhitida o‘quvchining ijtimoiylashuvi, psixologik barqarorligi va shaxsiy rivojlanishi ko‘p jihatdan pedagogik jarayonning to‘g‘ri tashkil etilishiga, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi samarali muloqotga, shuningdek, ijtimoiy-psixologik muhitning qulayligiga bog‘liq. Maqolada o‘quvchilarning psixologik moslashuvi jarayonida oila, maktab jamoasi, tengdoshlar guruhi hamda tarbiyaviy ta’sirlarning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, ta’lim jarayonida yuzaga keladigan psixologik qiyinchiliklar, moslashuv muammolari va ularni bartaraf etishning psixologik-pedagogik yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish, o‘quvchilarning emotsional holatini qo‘llab-quvvatlash hamda ijobiy motivatsiyani rivojlantirish o‘quvchining shaxs sifatida barkamol shakllanishida muhim omil hisoblanadi.

Fields of Study & Subjects

Psychology of Development and Education Psychosocial Factors Impacting Youth Education Psychology and Social Research

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
15 March 2026
Document type
Dataset