INSULTDAN KEYINGI HARAKAT FUNKSIYASINI TIKLASH USULLARI

Read full text
Authors: Inoyatillo Xolmurodov, Baxtiyor Abrayev, Jahongir Norqulov, Hoshim Sattorov
Cited by: 0

Abstract

Insult markaziy asab tizimining og‘ir patologiyalaridan biri bo‘lib, ko‘plab hollarda bemorlarda harakat funksiyasining qisman yoki to‘liq yo‘qolishiga olib keladi. Harakat faoliyatining buzilishi bemorlarning kundalik hayot sifatini pasaytirib, ularning ijtimoiy moslashuvi va mehnat faoliyatiga qaytish imkoniyatlarini cheklaydi. Ushbu maqolada insultdan keyingi davrda yuzaga keladigan harakat funksiyasi buzilishlarini tiklashga qaratilgan zamonaviy reabilitatsion yondashuvlar keng yoritilgan. Jumladan, fizioterapiya, kinezoterapiya, terapevtik jismoniy mashqlar, neyroreabilitatsiya, refleksoterapiya, massaj hamda psixologik reabilitatsiya usullarining samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, reabilitatsiyani erta bosqichda boshlash, kompleks va individual yondashuv asosida olib borish bemorlarda harakat funksiyasining tiklanish darajasini sezilarli oshirishi ilmiy asoslab beriladi.

Fields of Study & Subjects

Stroke Rehabilitation and Recovery Medical Practices and Rehabilitation Dysphagia Assessment and Management

Publication details

Journal / source
SOUTH ARAL SEA MEDICAL JOURNAL
Publication date
15 March 2026
Language
UZ